Legalio Word uchun
Shartnomani Word'dan chiqmasdan tekshiring: Legalio uni O'zbekiston qonunchiligi va firmangiz standartlari bo'yicha ko'rib chiqadi, xavfli bandni ko'rsatadi va tuzatishni bir bosishda hujjatga – kuzatiladigan o'zgarish va izoh bilan – kiritadi. Bandni belgilab savol ham berish mumkin.
manifest.xml ni yuklab olishWord 2016 va undan yangi (Windows, Mac), Microsoft 365 yoki Word Online kerak. Hujjat tahlili tarifingiz tokenlaridan yechiladi.
1. Word Online (brauzerda, Microsoft hisobi bilan)
Hujjatni oching → Qo'shimchalar (Надстройки / Add-ins) → Mening qo'shimchalarim → Qo'shimchani yuklash → yuqoridagi manifest.xml faylini tanlang. Legalio tugmasi Bosh sahifa yorlig'ida paydo bo'ladi.
2. Firmada Microsoft 365 bo'lsa (Windows va Mac, hamma xodimga birdan)
IT administrator: Microsoft 365 admin markazi → Sozlamalar → Integrated apps → Upload custom apps → manifest.xml → xodimlarni tanlang. Bir necha soatdan keyin har bir xodimning Word'ida Legalio tugmasi chiqadi.
3. Mac (bitta kompyuter)
manifest.xml faylini ~/Library/Containers/com.microsoft.Word/Data/Documents/wef papkasiga nusxalang (papka bo'lmasa yarating), Word'ni qayta oching → Qo'shimchalar → Mening qo'shimchalarim.
Paneldagi kodni tasdiqlash
Word panelida ko'rsatilgan kodni kiriting – panel shu hisob bilan ochiladi.
Avval kiring