15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Toʻldirilmoqda . | 15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Chernobil halokati hamda harbiy xizmatni oʻtash oqibatida III guruh nogironi deb topilgan shaxslarning pensiya taʼminoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Bugungi kunda dolzarb boʻlayotgan Chernobil halokati oqibatida hamda harbiy xizmatni oʻtagan davrda III guruh nogironligini olgan shaxslarga pensiya tayinlash masalasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilmagan. Biroq, ushbu masala Oliy Kengash Rayosati va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli qaroriga asosan tartibga solib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, Qonunning 15-moddasi ikkinchi qism bilan toʻldirilmoqda.
65-modda. Pensiyalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda pensiyalardan chegirmalar qilinishi mumkin. Toʻldirilmoqda . | 65-modda. Pensiyalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya mikdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda pensiyalardan chegirmalar qilinishi mumkin. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimining aybi bilan ortiqcha hisoblangan pensiya miqdori pensionerdan undirilmaydi. Bunday hollarda fuqaroga ortiqcha pensiya toʻlanishi natijasida budjetga yetkazilgan zarar miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida sud orqali undirib olinadi. | Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga asosan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning oʻrni davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablagʻlari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari boʻlmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, sudning qarori bilan zararning oʻrnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin. Shuningdek, ushbu Kodeksning 1030-moddasiga muvofiq quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi: ijro etish muddati toʻlgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmaganboʻlsa; daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk; ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablagʻlari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar boʻlmaganda; mavjud boʻlmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qoʻlga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yoʻqligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.
2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: Zot — genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq biologik va morfologik xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi boʻlib, bu xususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari aynan shu guruhga xos boʻladi va uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi (zonal) tip, zavod tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan obyektlaridir; ... | 2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: Zot — kelib chiqishi (ajdodi) maʼlum va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq, biologik va foydali xususiyatlari bir xil oʻxshashlikda hamda avlodlariga oʻz belgilarini toʻliq oʻtkaza oladigan, muayyan tabiiy-iqlim sharoitida yaratilgan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) guruhi; ... | Zot tushunchasi taʼrifi amaldagi tahrirda aniq va sodda qilib berilmaganligi ushbu tushunchani yana�a aniqlashtirishni taqozo etmoqda. Shu bois, ushbu tushuncha yangi tahrirda qayd etilmoqda.
16-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish Patent berish haqidagi talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Agentlikka topshiriladi. Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakili orqali yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Toʻldirilmoqda Toʻldirilmoqda | 16-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish Patent berish haqidagi talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Agentlikka yozma yoki elektron shaklda topshiriladi. Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, Agentlikda roʻyxatga olingan patent vakili orqali yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Patent berish haqidagi talabnomani elektron shaklda topshirish uchun uni Agentlikning elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi. Elektron topshirilgan talabnomalar ushbu Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi. | Seleksiya yutuqlari boʻyicha talabnomalarni elektron topshirish va ularni koʻrib chiqish tartibi bugungi kunga qadar belgilanmagan. Bu esa jismoniy va yuridik shaxslarga qiyinchiliklar tugʻdirib kelmoqda. Shu munosabat bilan, patent berish haqidagi talabnomalarni elektron topshirish tartibini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda.
19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim. Uni oʻtkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan koʻpi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. | 19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi Moʻljallanayotgan faoliyat toʻgʻrisidagi ariza uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari: 20 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun; 10 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III t�ifasiga mansub faoliyat turlari obyektlari uchun. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi ariza uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtka?ish mudda?i quyidagidan oshmasligi kerak: 45 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub obyektlar uchun atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida bayonot uchun; 20 ish kuni — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III toi??siga mansub obyektlari uchun. Davlat ekologik ekspertizasining boshqa barcha obyektlari uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak. Atom energiyasidan foydalanish obyektlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin. | Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab, uning sifatini, toʻgʻri qamrovini, oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlarini belgilashda xorijiy tajriba (Qozogʻiston, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Gruziya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh va boshqalar)ga muvofiq joriy etiladi.
23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishidan qatʼiy nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega boʻladi. | 23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi obyektlari Jamoat ekologik ekspertizasining obyektlari fuqarolarning qulay atrof muhitga ega boʻlish huquqlari va manfaatlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan har qanday moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatidir. Chiqarib tashlanmoqda | Ekologik maʼlumotlarning ochiqligi va belgilangan faoliyat boʻyicha qarorlar qabul qilishning oshkoraligi talablariga muvofiq jamoatchilik ekologik ekspertizasini tartibini takomillashtirish talab etilmoqda. Shu bois, jamoat ekologik ekspertizasini tartibga solishni yaxshilash uchun kiritilmoqda.
14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida taʼsis etiladi. Ajnabiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochishga haqlidirlar. | 14-modda. Xorijiy davlatlarning va ular yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalar asosida taʼsis etiladi. Xorijiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar ochishga haqlidirlar. | Fuqarolik kodeks?ning 47-moddasida yuridik shaxslar tomonidan u mavjud boʻlmagan hududda joylashgan va uning barcha yoki qisman vazifalarini bajaradigan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmasi hisoblanadigan filiallar tashkil etish imkoniyati belgilangan. Ushbu Kodeksning 2-moddasi 3-qismiga koʻra qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qoʻllaniladi. Taklif: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 47-moddasida yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalari xorijiy yuridik shaxslarga ham tegishli ekanligini inobatga olgan holda Adliya vazirligining taklifiga koʻra, xorijiy tijorat tashkilotlarining filiallarini ochish masalasi birinchi navbatda tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish orqali belgilanishi lozim.
19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi: tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi; tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi; qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi; tashqi savdo faoliyati sohasiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi: investitsiyalar boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantiradi va uning amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalari jalb qilinishini taʼminlaydi; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi; investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | 19-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi . Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uni amalga oshirishga, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi; tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi; qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi savdo faoliyati subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi; tashqi savdo faoliyati hamda investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgan. Taklif: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi deb koʻrsatish va bu borada uning vakolatlari sanab oʻtilishi lozim.
4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. | 6-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga soladigan organlar Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ — Oʻzbekiston Resp�blikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) amalga oshiradi. | Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasiga muvofiq kiritilmoqda. Unda toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish boʻyicha qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish belgilab berilgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-117-sonli qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
14-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa roʻyxatga olish markazida saqlanadi. Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalarini berishga doir xizmatlar roʻyxatga olish markazi tomonidan bepul koʻrsatiladi. Toʻldirilmoqda Toʻldirilmoqda Toʻldirilmoqda | 26-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olishga boʻlgan arizasi bilan qilgan murojaatiga koʻra roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi. Murojaat qilgan shaxs uchun roʻyxatga olish markazining ommaviy ofertasi bilan oldindan tanishishi lozim. Arizani koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi tasdiqlangandan soʻng beriladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish va uni olish uchun beriladigan ariza shakli hamda roʻyxatga olish markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, shuningdek elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati roʻyxatga olish markazi tomonidan belgilanadi. Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlarni soʻrab olish taqiqlanadi. Ariza berilgunga qadar ariza beruvchi elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlarini mustaqil yaratishi va ochiq kalitni roʻyxatga olish uchun roʻyxatga olish markaziga taqdim etishi mumkin. Elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlarini yaratish yuridik va jismoniy shaxslarning arizasiga koʻra roʻyxatga olish markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar bir nechta elektron raqamli imzo kalitlariga ega boʻlishi mumkin. Har bir elektron raqamli imzo kalitining sertifikati belgilangan tartibda alohida roʻyxatga olinadi. Elektron raqamli imzo ochiq va yopiq kalitlarini yaratish, elektron raqamli imzo kalitini r�yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish boʻyicha xizmatlar pulli hisoblanadi. Koʻrsatiladigan pulli xizmatlar tarkibi va qiymati belgilangan tartibda shartnomaviy asosda belgilanadi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzo kaliti roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berishda roʻyxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo egasiga elektron raqamli imzodan foydalanish va uni saqlash qoidalari toʻgʻrisida, shuningdek elektron raqamli imzo egasining majburiyatlari va javobgarligi toʻgʻrisida toʻliq axborot berilishi kerak. Elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo kalitlari roʻyxatga olish markazlarining ishonchli saqlash (bulut) tizimida elektron raqamli imzo kalitlari sertifikati egasining kamida ikki faktorli autentifikatsiyasi bilan saqlanishi lozim. | Jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish tartibi hamda ularning muddati va narxi aniqlashtirilmoqda.
9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qoʻyish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning oʻz roziligiga koʻra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan koʻrsatiladi. Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish uchun: sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanatoriy yordami koʻrsatuvchi muassasalarni tashkil etadi; sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida oʻqitish uchun sharoitlar yaratadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish hamda ularni yangi kasblarga oʻrgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni koʻradi. | 9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qoʻyish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning oʻz roziligiga koʻra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan koʻrsatiladi. Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam koʻrsatish uchun: sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanator?y yordam? koʻrsatuvchi muassasalarni tashkil etadi; sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida oʻqitish uchun sharoitlar yaratadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish hamda ularni yangi kasblarga oʻrgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi; sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy, shu jumladan sil kasalligining ogʻir shakllariga uchragan shaxslar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy, jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni koʻradi. | Bugungi kunda amaldagi Qonunda sil kasalligining ogʻir shakllariga uchragan shaxslar va ularning oila aʼzolariga jismoniy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatishni koʻzda tutuvchi normalar mavjud emas. Shu munosabat bilan mazkur normani kiritish taklif etilmoqda.